07:06 / 13.06.2015
1891

“Barselona” va “Bavariya” Gyundoganga yiliga 10 mln yevro maosh to‘lashni istamayapti

Dortmundning “Borussiya” klubi yarimhimoyachisi Ilkay Gyundoganning kelajak faoliyati hali ham noaniq bo‘lib qolmoqda.

Bild nashri ma'lumotlariga ko‘ra, “Barselona” va “Bavariya” o‘yinchi uchun talab etilayotgan 10 mln yevrolik maosh to‘lashni istamayotgani sababli uni olish uchun kurashishdan bosh tortdi.

“Borussiya” o‘yinchini agar u shartnomani uzaytirishni istasa, o‘zida olib qolishi mumkin. Aks holda klub uni 20 mln yevroga sotib yuborishga harakat qilib ko‘radi.

Gyundoganning dorotmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Top