23:39 / 13.06.2015
1915

Afg‘onistonda 300 kg og‘irlikdagi giyohvand moddalar partiyasi qo‘lga olindi

Afg‘oniston shimolida joylashgan Baglan viloyatida 300 kg og‘irlikdagi giyohvand moddalar yirik partiyasi qo‘lga olindi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, gashish moddasi ortilgan yuk mashinasi Salang shossesining shimoliy qismidagi Mol Xon tumanida to‘xtatilgan. Giyohvand modda Kobulga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Ekspertlarning baholashicha, joriy yilda Afg‘oniston tarixida giyohvand moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha mutloq rekordga erishilishi mumkin. Har yili afg‘on giyohvandfurushlari kamida 70 mlrd dollar daromad oladilar. Afg‘onistondagi ko‘knori ekilgan maydonlar mamlakatning 132 ta tumanida 224 ming gektarni egallaydi. Giyohvand moddalarning katta qismi Rossiya, Eron va Pokistonga yuboriladi. Shu bilan birga, afg‘onistonliklar orasida giyohvandlar soni tez sur'atlar bilan ko‘paymoqda.

Top