12:21 / 13.06.2015
2049

Amerikalik fermer minglab asalarilar chaqishidan keyin omon qoldi

AQShning Arizona shtatida minglab asalarilar hujumiga uchragan odam shifoxonaga olib kelindi. Bu haqda Guardian nashrida yozilgan.

Xabarda aytilishicha, Kingman shahridagi fermalardan birida ishlovchi bu shaxsni o‘n minglab asalari quvib borgan va ikki yo‘lovchi uni o‘limdan saqlab qolgan. Yordam bergan yo‘lovchilarga ham yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri kelgan.

"Unga hujum qilgan asalarilarning miqdorini tasavvur qilish qiyin. U xuddi Gollivudning qo‘rqinchli filmlari qahramoni ahvolida qolgan", deb fikr bildiradi mahalliy okrug sherifi.

Mahalliy asalarichilardan birining ma'lum qilishicha, yilning bu davrida asalarilarda shunday hujumkor holat kuzatiladi va bir necha kun davom etadi.

Okrug aholisiga bunday asalaridan ehtiyot bo‘lish, mashinalarning oynalarini yopib yurish tavsiya qilingan.

Top