14:06 / 13.06.2015
3199

AQSh tomonidan viza berish tizimida muammolar paydo bo‘ldi

AQShning butun dunyo bo‘ylab joylashgan elchixonalarida texnik nosozlik tufayli viza va pasportlar berish to‘xtab qoldi. Bu haqda Reyter nashri xabar qilgan.

"Bu muammo ma'lum bir davlatning fuqarolariga hujjat berishni to‘xtatish bilan bog‘liq emas", deyiladi xabarda.

AQSh Davlat departamentining ma'lum qilishicha, bunga konsullik idoralarida saqlovchi uskunalarning yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu muammo turli davlatlarda 9 iyundan boshlab sezila boshlagan.

"Biz vaziyatni to‘g‘irlash uchun ish olib borayapmiz. Tez orada tizim to‘liq shaklda ishlay boshlaydi", deyiladi Davlat departamenti matbuot xizmatida.

Top