11:28 / 13.06.2015
3436

"Barselona"ga ikkinchi Suaresning kelishi Enrikening istagi bilan amalga oshgani ma'lum bo‘ldi

"Barselona"ga "Sevilya"dan o‘ng qanot yarimhimoyachisi Denis Suaresning olib kelinishi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening talabi bilan amalga oshirilgani ma'lum qilindi.

Suares kataloniyaliklar a'zosi sifatida tanishtirilgan, ammo uning transferi bandlari oshkor etilmagan.

Ushbu futbolchi yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionati o‘yinlarida 31 marta maydonga tushdi hamda 2 golga mualliflik qildi. U jamoasi bilan Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

"Sevilya" uning o‘rniga "Dnepr"dan Yevgeniy Konoplyankani xarid qilishni rejalashtirgan.

 

Top