13:27 / 13.06.2015
1960

Kaspiy qirg‘og‘ida Turkmaniston, Turkiya va Ozarboyjon rahbarlari uchrashuv o‘tkazishadi

12 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Boku shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi va yaqin vaqt ichida Turkiya, Turkmaniston hamda Ozarboyjon davlatlari rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.

U Boku shahriga 2015 yilgi Yevropa o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashish uchun borgan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham uchrashgan.

"Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning yaqin kelajakdagi istiqbollari to‘g‘risida gaplashishdi. Xususan, qulay geografik joylashuvdan foydalangan holda zamonaviy transport tuzilmasini yaratish va Yevropaga Kaspiy mintaqasidan tabiiy gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokam qilindi", deyiladi Ozarboyjon prezidentining matbuot xizmatida.

Top