16:06 / 13.06.2015
2204

Kurash bo‘yicha Hindistonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 5ta medalga ega chiqishdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Qit'a chempionatining birinchi kunida gilamga chiqqan o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Dostonbek Tursunbayev (-42 kg) va To‘rabek Tirkashev (-46 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medali sohibi bo‘lishdi.

12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi kungi bahslarda o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilardan yana biri Mahmud Baxshullayev sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. Og‘irlik vazni 54 kg.gacha bo‘lgan sportchilar bahsida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Mahmud Baxshullayev finalga qadar kechgan bellashuvlarni g‘alaba bilan yakunlab kumush medal sovrindori bo‘ldi. 

13 iyun kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha -69 kg. va -76 kg. vaznda, erkin kurash bo‘yicha -54 kg, -58 kg, 63 kg. vaznda va nihoyat ayollar kurashi bo‘yicha -52 kg, -56 kg, 60 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi.


Top