00:43 / 13.06.2015
4627

Nasiba Abdullayevaning talabalar uchun atalgan "master-klass"idan konsert sifatida foydalanishgani ma'lum bo‘ldi

May oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasidagi Nasiba Abdullayevaning talabalar uchun atalgan "master-klass"idan Konservatoriya ma'muriyati konsert sifatida foydalanishgani ma'lum bo‘ldi.

Sayyod.com’ning ma'lum qilishicha, talabalar uchun master-klass sifatida kelishilgan bu konsertga chiptalar sotib zalni oddiy tomoshabinlar bilan to‘ldirishgan va asosiy niyat bo‘lgan talabalarga zaldan deyarli joy tegmay, ular yo tikka turishgan va yoki koridordan konsertni eshitishdan boshqa ilojisi qolmagan. Talabalar uchun master-klass emas, aslida konsert dasturi bo‘lib chiptalar sotilganidan keyin xonandaga chiptalar sotuvidan gonorar to‘lanishi kerak, ammo bu esa amalga oshirilmagan, demakki Xalq artistini tekinga aldab uning konsertidan pul ishlashgan chog‘i. Kontsertda bo‘lganlarning aytishicha, ma'muriyat hattoki dasturga taqab  boshqa konsertni ham o‘tkazishga ulgurib, Nasiba Abdullayevani kuttirgan ham.

Nasiba Abdullayevadan mazkur voqea xaqida to‘xtalib o‘tirishni istamadi.

"Bir narsani aytishim mumkin, o‘sha tashkilotchilar bilan bu ilk va so‘nggi marotaba ishlashim", - dedi Nasiba Abdullayeva. 


Top