12:08 / 13.06.2015
3171

PES 2016 simulyatorida Totti kabi selfi tushish imkoni yaratildi

Pro Evolution Soccer futbol simulyatorining dasturchilari PES 2016 o‘yinining treylerini taqdim etdi. PES 2016 muxlislari gol urgach, “Roma” sardori Franchesko Tottining gol nishonlash jarayonida tushgan selfisini takrorlash imkoni paydo bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, A seriyaning 18-turida Totti “Latsio” darvozasiga ikki to‘p kiritgan edi. Futbolchi ikkinchi golini nishonlash vaqtida mobil telefon olib, muxlislar joylashgan tribuna fonida selfi olgan edi. 

Top