12:44 / 13.06.2015
3188

Putin Boku shahrida Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon poytaxti Boku shahriga tashrifi davomida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv yopiq rejimda o‘tkazilgan.

Ushbu uchrashuvdan keyingi chiqishida Putin Bokudagi Yevropa o‘yinlarining ochilish marosimida Yevropa Kengashining davlatlari rahbarlari qatnashmaganini tanqid qilgan.

U shuningdek, Turkiya Yevropa Ittifoqi a'zo bo‘lish uchun munosib nomzodligini ta'kidlagan.

Ma'lumot uchun, Bokudagi Olimpiyskiy o‘yingohida o‘tkazilgan ochilish marosimida Rossiya va Turkiya rahbarlaridan tashqari Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi rahbari Tomas Bax, Monako knyazi Alber Ikkinchi, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kabi martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, marosimda Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Energetika vaziri Aleksandr Novak, Rosatom boshlig‘i Sergey Kiriyenko hamda "Gazprom" rahbari Aleksey Miller qatnashgan.

Top