18:51 / 13.06.2015
3530

Putin Gelmut Kolga o‘zini qo‘llab-quvvatlashini so‘rab xat yozmagani aytildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kolga o‘zining siyosiy qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini so‘rab, maktub yubormagan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

"Bu taxminda hech qanaqa asos yo‘q", deydi Peskov.

Biroz oldinroq, G‘arb OAVida Putinning Gelmut Kolga Ukraina masalasida bir qancha maktub yo‘llagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top