22:40 / 13.06.2015
2495

Stokgolmda Shvetsiya shahzodasining nikoh to‘yi bo‘ldi

Stokgolmda Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va qirolicha Silviyaning yagona o‘g‘li Karl Filip va uning qaylig‘i Sofiya Xellkvistning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Nikoh to‘yi XVIII asrda qurilgan va Stokgolmdagi qirollik saroyida joylashgan Slottschyurk cherkovida bo‘lib o‘tdi.

Shahzoda Karl Filip voris shahzoda hisoblanmaydi. Uning qaylig‘i – yoga bo‘yicha sobiq instruktor Varmland gersoginyasi unvonini oladigan bo‘ldi.

Top