20:09 / 13.06.2015
2428

Xitoyda 12 yoshli bola 2 qizni zaharlaganlikda ayblanmoqda

Xitoyda 12 yoshli bola zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan opa-singilning o‘limida asosiy gumondor sifatida qaralmoqda. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

Bu voqea Xunan provinsiyasidagi qishloqlardan birida yuz bergan. 8 va 14 yoshli qizlar zahar solingan ichimlik ichish tufayli halok bo‘lgani aniqlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 12 yoshli gumondorni qo‘lga olishgan, uning shaxsi ma'lum qilinmagan. Lekin u marhumalar bilan yaqin tanish bo‘lgani aytilgan.

Top