20:41 / 14.06.2015
2397

“Barselona” braziliyalik yosh iqtidorlar Kenedi va Jyerson bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi

“Barselona” futbol jamoasining sport direktori Aredo Brayda jamoa “Fluminense” jamoasining ikki nafar yosh futbolchisi – yarimhimoyachi Jyerson va hujumchi Kenedini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turganini ma'lum qildi.
“Bizning Braziliyada bu masala bilan shug‘ullanayotgan vositachimiz bor. Ikki futbolchi bo‘yicha kelishuv narxi bir qancha vaqt oldin kelishib olingan edi”, deb aytmoqda Brayda.

Keyingi haftada Brayda transferlarni rasmiylashtirish uchun Braziliyaga tashrif buyuradi.

Top