00:17 / 14.06.2015
4916

Jorj Bush IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashga chaqirdi

AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush-kichik Israel Hayom gazetasiga bergan intervyusida IShIDga qarshi quruqlikda operatsiya o‘tkazish zarurligini aytdi.

“Prezident qat'iy qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Mening fikrim – IShIDga qarshi quruqlikdagi qo‘shinlar jalb qilinishi zarur”, deb aytdi Bush.

Bushning aytishicha, uning o‘z paytida “Al-Qoida”ga qarshi Iroqqa qo‘shimcha kuchlarni kiritish haqidagi buyrug‘i to‘g‘ri qaror bo‘lgan.

“Mening fikrimcha, tarix Iroqda “Al-Qoida” yakson qilinganini ko‘rsatadi. Men harbiylar bo‘lishi yo‘lini tanlaganman. Ko‘ramiz, hukumatimiz joylardagi haqiqatlarga qarab qarorlar qabul qilarmikin”, deb aytdi Bush.

Top