11:06 / 14.06.2015
3799

Krishtianu Ronaldu ketma-ket uchinchi o‘yinda xet-trik amalga oshirdi

Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 saralash bosqichining Armanistonga qarshi uchrashuvida raqiblar darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi. O‘yin portugaliyaliklar foydasiga 2:3 hisobida hal bo‘ldi.

Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi ketma-ket uchinchi o‘yinda xet-trik amalga oshirdi. U avvalgi ikkita xet-trigini Madridning “Real” jamoasi safida Ispaniya chempionati doirasida «Xetafe» (7:3) va «Espanol» (4:1) jamoalari darvozasiga kiritgan edi.

Hozirda Yevro-2016 saralash bosqichida Ronalduning hisobida 4 o‘yinda 5 ta to‘p bor.

Top