20:59 / 14.06.2015
1823

Pato “Inter”ga o‘tishga tayyor turibdi

“Korintians” futbol jamoasi hujumchisi Aleshandre Pato “Inter” jamoasiga o‘tishga tayyorligini ma'lum qildi.
“Milan”ning sobiq hujumchisi “neradzurrilar”ga o‘zini taklif qilib chiqdi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Braziliyalik futbolchi “Korintians” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, shu yozning o‘zida “Inter”ga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.
25 yoshli futbolchining “Korintians” bilan shartnomasi 2015 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan, biroq klub bir necha oydan beri Patoga uning qiyofasidan foydalanganlik uchun pul to‘lamay kelmoqda va tomonlar ushbu holat yuzasidan sudlashmoqdalar.

Top