09:31 / 14.06.2015
3292

Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasi hukumatini Sudan prezidentini hibsga olishga chaqirdi

Xalqaro jinoiy sud Janubiy Afrika Respublikasi hukumatini Sudan prezidenti Umar al-Bashirni Afrika davlatlari yetakchilari sammitiga tashrifi chog‘ida hibsga olishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Bi-bi-si” telekanali.

Sud bergan bayonotda JAR Al-Bashirni qo‘lga olishda “o‘z kuchini ayamasligi” va “sud oldidagi o‘z majburiyatlarini hurmat qilishi kerakligi” aytilgan.

Biroq JAR hukumati Sudan prezidentining Yoxannesburgga tashrifi paytida unga hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan.

Dafurdagi jinoyatlar bo‘yicha Sudan prezidentiga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar uning dunyo bo‘ylab harakatlanishini jiddiy cheklab qo‘ydi. Sudan yetakchisi oxirgi paytlarda faqatgina Afrika va Yaqin Sharqdagi do‘stona davlatlargagina tashrif buyurgan.

Avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan Sudan prezidenti BMTga tashrifini bekor qilgani ma'lum qilingandi.

Top