11:02 / 14.06.2015
2024

Xitoyda cho‘kib ketgan “Sharq yulduzi” kemasi qurbonlari soni 442 nafarga yetdi

Xitoy rasmiylari “Sharq yulduzi” kruiz kemasining cho‘kishi oqibatida 442 nafar kishi halok bo‘lganini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.

Qutqaruvchilar avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan yo‘lovchining jasadini topdilar.

Qurbonlar haqidagi yakuniy natijalar bir qator tekshiruvlar va aniqlashtirishlardan keyin olindi, deb xabar berdi kemachilik bo‘yicha mahalliy boshqarma vakili.

Uning aytishicha, Xitoy hukumati qidiruv-qutqaruv ishlarini yakuniga yetkazdi, biroq Yantszi daryosidagi ushbu falokat tergov qilinishi davom etmoqda.

Oxirga ma'lumotlarga ko‘ra, “Sharq yulduzi” kemasi bortida 456 kishi: 405 nafar yo‘lovchi, 46 nafar kema ekipaji hamda 5 nafar turagentliklar xodimlari bo‘lgan.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, 60 nafar mutaxassisdan iborat komissiya teploxodning cho‘kishi sabablarini tergov qilmoqda.

Top