12:22 / 15.06.2015
6787

20 yashar qiz yoshi katta erkak bilan o‘zlari mehmon bo‘lgan uydan 5.5 mln so‘mlik taqinchoqlar va maishiy buyumlar o‘g‘irlab ketdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli Omina ismli qiz o‘g‘irlikka sheriklikda ayblanib, sud javobgarligiga tortildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
“Endigina yigirma bahorni qarshilagan Omina muqaddam sudning qora kursisida bir bora o‘tirgan bo‘lsa-da, to‘g‘ri yo‘lga tushmagan ko‘rinadi, yo‘qsa otasi tengi kishiga qo‘shilib yana qayta jinoyatga qo‘l urmagan bo‘lardi”, – deyiladi gazeta materialida.
Ta'kidlanishicha, kechki payt sheriklar o‘zlari ertalab mehmon bo‘lib ketgan uyning eshik qulfini buzib, xonadon egasiga tegishli 1.5 mln so‘mlik sariq metalldan yasalgan taqinchoq va qariyb 4 mln so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Gazetada qayd qilinishicha, ular qisqa muddatda qo‘lga olinib, moddiy qimmatliklar egasiga qaytarilgan.

Top