14:43 / 15.06.2015
10259

2015 yilgi abituriyentlar uchun imtihon varaqalariga o‘zgartirishlar kiritildi

2015-2016 yilgi davlat test imtihonlarini olish tartiblariga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, imthon varaqasi boshqacha shaklda tuziladigan bo‘ldi.
“Darakchi” gazetasining mutaxassislarga tayangan holda ma'lumot berishicha, javoblar varaqasiga 2011 yil 8 iyulda qabul qilingan 2 242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinolarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomga 2014 yil 15 avgustida 2 242-1-son bilan kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq yangiliklar joriy etildi.
Jumladan, javoblar varaqasida abituriyent titul varaqasidan ko‘chirishi lozim bo‘lgan ta'lim muassasi kodi, tanlov kodi olib tashlandi va faqat maxsus kod qoldirildi. Bundan tashqari, fan bloklari olib tashlanib, ketma-ket 1dan 108gacha raqamlandi. Abituriyent haqidagi ma'lumotlar (ismi-sharifi, ta'lim muassasi, ixtisoslik, imzo) 1-betga ko‘chirildi.

Top