09:16 / 15.06.2015
3649

Bill Klinton rafiqasi haqida fikr bildirdi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton turmush o‘rtog‘i, mamlakat prezidentligiga nomzodlardan biri Hillari Klinton haqida fikr bildirdi. Uning intervyusi 14 iyun kuni CNN kanalining State of the Union ko‘rsatuvi orqali namoyish etiladi.
“Qachon qiyinchilikda turgan bo‘lsam, u har doim menga va oilamizga suyanchiq bo‘lgan. Men unga hayotimni ham ishonib topshirishga tayyorman”, – dedi u o‘z rafiqasi haqida.
Shuningdek, Bill Klinton rafiqasi uni har doim qo‘llab-quvvatlaganini va ishonchini saqlaganini ta'kidlab o‘tdi.

Top