13:14 / 15.06.2015
1672

CNPC kompaniyasi bosh direktori Xitoy kompartiyasidan chiqarildi

XXRdagi eng yirik neft-gaz kompaniyasi – CNPC bosh direktori Lyao Yun'yuan Xitoy kommunistik partiyasi tarkibidan chiqarib tashlandi. Bu haqda partiya axloq-odobni tekshirish markaziy qo‘mitasi rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Unga nisbatan tekshiruv ishlari qo‘mita tomonidan mart oyining o‘rtalarida boshlangan edi. U XXR qonunlarini buzishda va tartib-intizomga rioya qilmaslikda ayblangan edi. mutaxassislarning ta'kidlashicha, “tartibni jiddiy ravishda buzish” deganda partiya hujjatlarida odatda korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlar tushuniladi.
Bundan tashqari, partiya tarkibidan XXR savdo-sanoat ma'muriyati bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Sun Xunchji chiqarilgan. Uning yuzasidan taftish ishlari 2014 yilning dekabrida boshlab yuborilgan edi. U ham poraxo‘rlikda va xizmat holatini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi 2012 yildan buyon, Si Tszinpinning hokimiyat tepasiga kelishidan boshlab davom etmoqda. Buning yuzasidan Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi rasmiy vakili Fu In “poraxo‘rlar yer ostidan bo‘lsa ham” qo‘lga olinishini aytib ogohlantirib qo‘ygan edi.

Top