15:04 / 15.06.2015
3340

Moliya vazirligining soxta hujjati bilan odamlarni aldab yurgan qallob fosh etildi

Xorazmdan Toshkentga ko‘chib kelib, turli yo‘llar bilan odamlarni aldab yurgan Shomansur ismli fuqaro odamlarga ko‘p millionlik zarar yetkazganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Voqea tafsilotlari “Darakchi” gazetasida bayon etildi.

Aytilishicha, u To‘xtasin ismli shaxsga moliya vazirligi xodimining soxta hujjatini ko‘rsatib, uzoq vaqt mobaynida aldab yurgan. Jumladan, qizini moliya tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 600 dollar, 150 ming dollar kredit olib berish uchun 7.5 ming dollar, biznes-reja tuzib berish bahonasida 450 dollar olgan.
Bundan tashqari, xuddi shunday bahonalar bilan boshqa tanishi Shernazardan ham 9 ming dollar olgan. Boshqa tanishlaridan bundan ham kattaroq miqdorda – 17.5 ming dollar undirgan.

Aldanginini tushungan jabrlanuvchilar uning ustidan tegishli idoraga arz qilgach, tekshiruv ishlari boshlandi. Tez orada qallobning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, u jinoiy javobgarlikka tortildi.

Top