15:03 / 15.06.2015
2055

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Pxenyanga jo‘nab ketdi

14 iyun oqshomida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi Pxenyanga uchib ketdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 iyun kuni Pxenyanda Jahon chempionati—2018 saralash bosqichi doirasida KXDRga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston terma jamoasi shu vaqtga qadar KXDRga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramagan. O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari shu vaqtgacha 6 bor to‘qnash kelgan va O‘zbekiston 4 bor g‘alaba qozongan. Yana ikki o‘yin esa durang natija bilan tugagan.

Top