10:09 / 15.06.2015
6244

Poroshenkoga o‘z ma'muriyati binosi yonida tayyorlangan suiqasd amalga oshmay qoldi

14 iyun kunining ikkinchi yarmida Ukraina prezidenti ma'muriyati binosi oldida Pyotr Poroshenkoning korteji keladigan darvoza yonida Davlat qo‘riqlash boshqarmasi patruli tomonidan portlovchi qurilma aniqlandi.

Poroshenkoni suiqasddan baxtli tasodif saqlab qolgani aytilmoqda.

“Soat 0:20 da Davlat qo‘riqlash boshqarmasi patruli (1-raqamli obekt – prezident ma'muriyati binosini qo‘riqlash uchun javob beradi) perimetrni aylanayotgan paytda patrulni ko‘rib, qochib ketgan bir kishini payqab qoldi. Noma'lum shaxs qochib ketgan joy tekshirilganda prezident korteji keladigan prezident ma'muriyatidan chiqaverishlardan birida portlovchi qurilma qo‘yilgani aniqlandi”, deb xabar bermoqda Ukraina milliy axborot agentligi.

Portlovchi qurilma 5 ta F-1 granatasi va masofadan boshqariluvchi granata, detonator va mobil telefondan iboratligi aniqlandi.

“Portlovchi qurilma gaykalar bilan to‘ldirilgan bo‘lgan. Jinoyatchi qurilmani jangovor holatga keltirishga ulgurmagan. Shuningdek, shu joydagi panjaraga “Urushni bas qilmasang, urush sening yoningga keladi” degan yozuv ilib ketilgan”, deb qo‘shimcha qilinmoqda.

Donbassda har kuni o‘nlab ukrainalik harbiylar va tinch aholi halok bo‘lmoqda. Poroshenkoning siyosatidan norozi bo‘layotganlar soni borgan sari ko‘paymoqda. Shuningdek, prezidentning “ichki dushmanlari” ham talaygina hisoblanadi.

Top