18:21 / 15.06.2015
2912

Qirg‘iziston hukumati a'zolari terma jamoaning Avstraliya bilan o‘yinini tribunadan tomosha qilishadi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev hukumat a'zolari mamlakat terma jamoasini Avstraliya termasiga qarshi o‘yinda qo‘llab-quvvatlash uchun borishlari shartligini belgilab qo‘ydi. U bu haqda 12 iyun kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida aytib o‘tgan.

"16 iyun kuni terma jamoamiz o‘ynaydi. Avstraliya bilan. Barcha davlat xizmatchilari o‘yinda Qirg‘iziston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun borishi shart. Bu ro‘yxat bo‘yicha tekshiriladi. Stadion to‘lishi shart. Men o‘zim ham o‘sha yerda bo‘laman", deydi Qirg‘iziston bosh vaziri.

U sportni targ‘ib qilish kerakligini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston terma jamoasi JCh-2018 uchun saralash o‘yinlarining birinchi raundida Bangladeshdan 3:1 hisobida ustun kelgan va keyingi bosqichga o‘tgan. Bu bosqichdagi birinchi o‘yin 16 iyun kuni Bishkekdagi stadionda Avstraliyaga qarshi o‘tkaziladi.

Top