13:26 / 15.06.2015
2032

Qozog‘iston TIV: uran banki mintaqaga xavf tug‘dirmaydi

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida yaratilishi rejalashtirilayotgan uran banki mintaqa uchun xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Borliboy Sodiqov ma'lum qildi.
“Ust-Kamenogorskda bankning joylashtirilishi, MAGATE va Qozog‘iston ekspertlarining hisob-kitoblariga qaraganda, ekologiyaga va aholiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Sodiqovning so‘zlariga qaraganda, bank joylashadigan Ulbinsk metallurgik zavodi bunday toifadagi moddalar bilan ishlashda 40 yillik tajribaga ega.

Top