08:03 / 15.06.2015
4097

Ramzon Qodirov milliy sport turlari festivalida yuqori natija qayd etdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Benoy-Vedeno qishlog‘ida o‘tkazilgan milliy sport turlari festivalida an'anaviy bellashuvlardan birida ishtirok etib, super natijani qayd etdi.

Qodirov qo‘y oyog‘i ko‘rinishidagi mulyajni 10 metrga uloqtirishga muvaffaq bo‘ldi. Otilgan mulyajning og‘irligi 8 kg.ni tashkil qilgan. Qodirov ko‘rsatgan natija musobaqalardagi eng yaxshi natijalardan biri bo‘ldi.

Mamlakat prezidentiga ot poygasi musobaqalarida ham ishtirok etish taklif qilindi, biroq Ramzon Qodirov poygada ishtirok etishdan bosh tortdi:
“Ot poygasida ishtirok etmay qo‘ya qolaman, chunki sog‘lig‘imga biroz to‘g‘ri kelmaydi. Keyingi yilda albatta ishtirok etishga harakat qilaman. Vaznim og‘ir, mahalliy otlar esa oriqroq ko‘rindi, ular meni ko‘tara olmaydi”, deb vaziyatdan chiqib ketdi Ramzon Qodirov.

Top