12:32 / 15.06.2015
2731

Rossiya Xitoy bilan Su-35 samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Parijdagi “Le Burjye” aviasalonida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan, Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori o‘rinbosari Konstantin Biryulin 51-marotaba o‘tkazilayotgan aviasalonda Rossiya Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha Xitoy bilan shartnoma imzolanishiga umid bildirayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS
“Ayni paytda Su-35 samolyotlarini jangovar aviatsiya dunyo bozoriga kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Rossiya yaqin kelajakda bu samolyotlarni Xitoyga va bizning hamkorlarimiz bo‘lgan boshqa davlatlarga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolashga katta umid bildirmoqda”, deb aytmoqda Biryulin.

Top