16:05 / 15.06.2015
1533

Runi Uilshir kelajakda jahonning eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lishiga ishonch bildirdi

Angliya terma jamoasi va "MYu" hujumchisi Ueyn Runi 14 iyun kuni Yevro-2016 saralashi doirasida Sloveniya bilan o‘tkazilgan o‘yindan keyin o‘zining termadagi jamoadoshi bo‘lmish "Arsenal" yarimhimoyachisi Jyek Uilshir haqidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Ye" guruhining 6-turidagi bu o‘yinda inglizlar safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinda Angliyaning birinchi va ikkinchi gollariga Uilshir mualliflik qildi. Uchinchi golni esa Runining o‘zi urdi.

"Jyek fantastik o‘yin o‘tkazdi. U bilan maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunib harakat qildik. U jarohatlaridan to‘liq sog‘ayib, o‘z ustida ishlashda davom etsa dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Uning ikki goli ham ajoyib chiqdi. Uilshir ikkinchi bo‘limda juda zo‘r harakat qildi va maydon markazini to‘liq nazorat qildi. U sheriklariga vaziyatlar yaratish bilan birgalikda, hujumlarni yakunlashda ham mas'uliyatni zimmasiga olmoqda. Uning gollari jamoamizning birinchi taymdagi tushkunlikdan chiqib ketishi uchun juda muhim bo‘ldi", deydi Runi ITV telekanaliga bergan intervyusida.

Top