17:45 / 15.06.2015
5812

Tbilisidagi toshqin suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi

13 iyundagn 14 iyunga o‘tar kechasi Gruziya poytaxti Tbilisida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida toshqin kelib chiqdi. Vere daryosi qirg‘oqlaridan toshib chiqib, butun boshli tumanni suv ostida qoldirdi. Natijada yo‘llar, mashinalar, uylar, garajlar, do‘konlarga zarar yetkazildi. Mahalliy hayvonot bog‘i vayron bo‘lib, undan 30 jonivor qochib ketdi.

Ma'lum bo‘lishicha, toshqin oqibatida 8 kishi aziyat chekkan. Maxsus xizmatlar qochib ketgan jonivorlarni tutish bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazmoqda. Aholiga uydan chiqmaslik tavsiya qilinmoqda.

Ijtimoyi tarmoqlarda tabiiy ofat va uning oqibatlari aks etgan ko‘plab suratlar paydo bo‘ldi.
Dastlabki suratlar yarim tundan so‘ng paydo bo‘la boshladi. U payti faqat jala quyayotgan, shamol esayotgan edi, daryo irmoqlaridan chiqib ketmagan edi.

Poytaxt ko‘chalarida emin-erkin kezib yurgan yirtqichlar ham kamera obektlivlariga tushib qolishdi.

Top