21:16 / 15.06.2015
2928

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentdagi zamoanaviy sport inshootlari bilan tanishdi

Toshkentda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax hamda Osiyo Olimpiya qo‘mitasi raisi shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif doirasida sport olamining martabali mehmonlari Toshkentda yangi bunyod etilgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi binosi bilan yaqindan tanishishdi. Tomas Bax va Al-Sabah ushbu binoga yuqori baho berishdi. Ular eng zamonaviy tibbiy uskunlar bilan jihozlangan doping nazorati markazi va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

 

Shuningdek, mehmonlar Respublika sport tibbiyot ilmiy-amaliy markazi, Gimnastika bo‘yicha Olimpiya zaxiralari sport maktabi va “Bunyodkor” o‘yingohda ham bo‘lishdi va so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sportga qaratilayotgan yuksak e'tibor natijasida yosh sportchilarning xalqaro musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritayotganligini ta'kidlashdi.

Top