23:55 / 15.06.2015
2869

Xitoy “Urumchi-Moskva” temir yo‘l yuk marshrutini ishga tushirdi

10 iyun kuni Shinjon markazidan maxsus yuk tashuvchi temir yo‘l sostavi yo‘lga chiqdi. Bu yangi ochilgan marshrut orqali birinchi marta poyezd yurishi bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, bu XXR tomonidan g‘arbiy yo‘nalishda ishga tushirilgan navbatdagi yuk tashuvchi marshrut bo‘ldi. U Markaziy Osiyo, Gruziya va Chelyabinskdan o‘tadi.
Sinxua agentligining eslatib o‘tishicha, 2014 yilning mayida o‘tkazilgan Shinjon bo‘yicha ikkinchi markaziy kengashda mintaqani Ipak yo‘li iqtisodiy yo‘lining asosiy nuqtasiga aylantirish haqida bir xulosaga kelingan edi. O‘sha yilning sentabrida esa maxsus struktura – g‘arbiy yo‘nalishdagi xalqaro tovar sostavlari bo‘yicha boshqaruv guruhi tuzildi. Ayni paytda Shinjonning g‘arbiy yo‘nalishlarini yuk tashish maqsadlariga ixtisoslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, o‘tgan yilning martida “Urumchi-Olma-Ota” yo‘nalishi ishga tushirildi. U har hafta 1-2ta reysni amalga oshiradi. Yuklarning asosiy turi – qurilish materiallari, mashina jihozlari, ehtiyot qismlari, elektromexanik buyumlar. 24 may holatiga ko‘ra sostav 80ta reys uyushtirishga ulgurdi.

Top