10:45 / 16.06.2015
2981

“Al-Qoida Arabiston yarim orolida” guruhining yetakchisi o‘ldirildi

“Al-Qoida Arabiston yarim orolida” terrorchi guruhining yetakchisi Nosir al-Vahshiy o‘ldirildi. Bu haqda CNN kanali Yaman xavfsizlik xizmatiga tayangan holda ma'lumot berdi.

“Al-Qoida Arabiston yarim orolida” tashkiloti Yamanda faoliyat yuritadi. Taxminlarga ko‘ra, uning rahbari AQSh avizarbalari natijasida yo‘q qilingan. AQSh rasmiylari ayni paytda al-Vahshiyning o‘limi haqidagi axborotni tekshirmoqda.

Yamanda hukumat qo‘shinlarining isyonchi xusiylar bilan to‘qnashuvlari davom etmoqda.

Top