14:50 / 16.06.2015
1377

«Chikago Blekxouks» 6-marta Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi

Milliy xokkey ligasining “Chikago Blekxouks” xokkey jamoasi 15 iyunda Stenli Kubogi final seriyasida “Tampa-Bey Laytning” jamoasi ustidan 6-o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi.

Bungacha jamoalar seriyada quyidagicha o‘ynagan: 1-o‘yin “Chikago” hisobiga 2:1, 2 va 3-o‘yinlarni “Tampa” 3:4 va 2:3 hisobida, 4 va 5-o‘yinda ham “Chikago” bir xil 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Oxirgi 6-o‘yinda “Chikago” xokkeychilari Dankat Kit va Patrik Keyn raqib darvozasiga bittadan shayba kiritishdi.

Shu tariqa, Chikago jamoasi o‘z tarixida 6 marta ushbu kubokni qo‘lga kiritdi, jamoa 1933/34, 1937/38, 1960/61, 2009/10 va 2012/13 yillardagi mavsumlarda ham ushbu kubok g‘olibi bo‘lgan.

Top