12:57 / 16.06.2015
1793

David Vilya: "Barselona" safidagi gollarimning aksari Messining sharofati bilan urilgan

"Barselona" jamoasining sobiq hujumchisi David Vilya o‘zining Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.
 
"Messi "Barselona"ga borib qo‘shilganimda, menga eng ko‘p yordamlarni ko‘rsatgan inson hisoblanadi. Men jamoa safida urgan gollarimning 70 foizi Messi tashkil qilgan hujumlar samarasida amalga oshgan.
 
"Barselona"dan keyin o‘zimni Angliya chempionatida sinab ko‘rmoqchi edim. Lekin, "Atletiko"dan yaxshi taklif bildirildi va men buni qabul qildim. Men bu jamoada ham yaxshi mavsum o‘tkazdim", deydi Vilya Goal.com nashriga bergan intervyusida.
 
Ma'lumot uchun, u ayni vaqtda AQShda, "Nyu-York Siti" jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda.
Top