18:21 / 16.06.2015
1711

FIFA Blatterning prezidentlik lavozimida qolishi mumkinligi haqidagi axborotni inkor qildi

FIFA Yozef Blatterning prezidentlik lavozimida qolishi mumkinligi haqidagi axborotni rad etdi.
Ilgariroq matbuotda 79 yoshli amaldor iste'foga chiqish fikridan qaytishi mumkinligi va bu borada uni Osiyo va Afrika futbol uyushmalari qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Blatterning sobiq shaxsiy maslahatchisi Klaus Shtolker ham Blatterning qolishi mumkinligini aytgan edi. Lekin FIFA rasmiylari ushbu axborotni tasdiqlamadi.
“Shtolkerning Blatter maslahatchisi sifatidagi vakolati 2015 yilning 31 may kuni nihoyasiga yetgan. FIFA prezidenti o‘zining 2 iyun kungi bayonotini eslatib o‘tadi”, – deyiladi tashkilot xabarnomasida.

Top