22:40 / 16.06.2015
1397

Gruziya bosh vaziri toshqinlardan ko‘rilgan ziyon 45 mln dollarga yetishi mumkinligini aytdi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Tbilisidagi toshqinlardan ko‘rilgan ziyon 100 mln lariga (45 mln dollarga yaqin) yetishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Gruziya-Online xabar bermoqda.

“Ziyon ancha katta miqdorni, ehtimol 100 mln larini tashkil qilishi mumkin”, deb aytdi bosh vazir tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan Tsknetiga tashrifi davomida.

Garibashvili ayni paytda “donorlar, turli xalqaro tashkilotlar bilan faol tarzda ish olib borilayotgani va donorlik tashkilotlari bu muammolarni hal qilishda yordam berishlariga umid bildirishini aytdi.

Tbilisidagi suv toshqinlari 14 iyun kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan, tabiiy ofat hozirda 19 kishining umriga zomin bo‘lgani aytilmoqda.

Top