00:37 / 16.06.2015
2183

Ibragimovich va Rayola “PSJ” bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha Al-Xalayfiy bilan kelishib olish uchun Qatarga keldi

“Pari Sen-Jyermen” futbol jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich o‘zining agenti Mino Rayola hamrohligida Parij klubining prezidenti Nosir Al-Xalayfiy bilan uchrashish uchun Qatarga keldi.

Shvetsiya terma jamoasining 33 yoshli sardori Al-Xalayfiy bilan uchrashib, “PSJ” bilan yana bir mavsum davom etadigan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha kelishib olmoqchi.

Parijliklar moliyaviy feyr-pleyga amal qilinmagani uchun UYeFAning sanksiyalari tufayli ish haqqi vedomostidagi yuklamani kamaytirish maqsadida o‘yinchini bepul qo‘yib yuborishlari mumkin.

Futbolchi o‘z faoliyatini “Milan”da davom ettirishi aytilmoqda.

Ushbu mavsumda Ibragimovich “PSJ” safida 37 o‘yinda 30 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘ldi.

Top