13:29 / 16.06.2015
1745

Ijtimoiy so‘rov o‘zbekistonliklarning 83 foizi qonunlarni hech qachon buzmaganini ko‘rsatdi

“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan huquqiy savodxonlik, qonunlarning ishlashi hamda fuqarolarning ularga rioya qilishi singari masalalarni aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari “Pravda Vostoka” gazetasida e'lon qilindi.
Natijalardan ma'lum bo‘lishicha, respondetlarning 95.5 foizi sud-huquq tizimi sohasida islohotlar ancha izchil va samarador olib borilayapti, deb hisoblaydi. Islohotlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda aholining ko‘pchilik qismi (91.5 foiz) hayotning barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlarni his qilmoqda.
Jumladan, 90 foiz odam inson huquqlari va erkinliklariga bo‘lgan hurmat oshgan deb hisoblaydi. 93 foiz odam o‘zi huquqlari va erkinliklarining himoya qilinganini his qilmoqda. Shuningdek, respondentlarning 83 foizi hech qachon qonunlarni buzmaganini ma'lum qildi.

Top