17:36 / 16.06.2015
7884

Jurnalist o‘zbek futbolidagi muammolarni fosh qilish uchun o‘ziga 5 mln so‘m yig‘ib berilishi kifoyaligini bildirdi

O‘zbekistonlik futbol jurnalisti Nodirxo‘ja Yuldashev O‘zbekistonda futbolni o‘sishi uchun muxlislar 5 million so‘m yig‘ib berishi kifoya qilishini aytdi. Bu haqda u o‘zining feysbukdagi sahifasida yozib qoldirgan.

«Mana hammangiz futbolimizda o‘sish bo‘lishini istaysiz to‘g‘rimi? Menga 5 mln so‘m yig‘ib bera olasizlarmi? Feysbukda 1500 va saytimizdagi 100 000 o‘quvchi shu pulni yig‘ib bera oladimi? 12ta viloyatimiz (futbolini) asl basharasini ochib beraman», deb yozadi Yuldashev.

Shuningdek, u mazkur yig‘ilgan pullar yo‘l va mehmonxona xarajatlari uchun ishlatilishini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 16 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 uchun saralash dastlabki uchrashuvda KXDR terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va mazkur post ham ushbu natijadan keyin Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan.

Top