15:54 / 16.06.2015
2500

Misrning sobiq prezidenti Mursiy ayg‘oqchilikda ayblanib, umrbod jazoga mahkum qilindi

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy ayg‘oqchilikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Agence France-Presse agentligining Tvitteri orqali xabar qilindi.

Bundan tashqari, xorijiy radikal tashkilotlarga ko‘mak berganlikda ayblanib, Mursiyga qo‘shimcha ravishda 25 yil muddat belgilandi.

Ilgariroq Misr sudi Mursiyni 2011 yilgi inqilob chog‘ida “Musulmon birodarlari”ning yetakchilari qamoqdan qochishi bilan bog‘liq ish yuzasidan o‘lim jazosiga hukm qilgan edi. Keyinchalik uni Husni Muborak hokimiyati tugatilishi arafasida jurnalistlarning o‘ldirilishi yuzasidan o‘lim hukm qilishga harakat qilingan edi. Ammo sud Mursiyni oqlab, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Top