12:05 / 16.06.2015
4379

"O‘zga sayyoralik mushuk" "Instagram" yulduziga aylandi

Matilda ismli, o‘zga sayyoralik laqabini olgan mushuk Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yulduzga aylandi. The Daily Mirror nashrining yozishicha, ikki oydan kamroq muddat ichida mazkur mushukningsahifasi 30 mingdan ortiq folloverga ega bo‘ldi.

Matildaning boshqa mushuklardan farqli tomoni – uning tug‘ma ko‘z kasalligi. Kasallik tufayli xrustalsifat ko‘zi bo‘rtib chiqqan. Mazkur sabab bilan u ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va tez orada uning ko‘zi operatsiya qilib butunlay olib tashlanishi kerak bo‘ladi. Hozircha mushukning qaysi mamlakatda yashashiga aniqlik kiritilmagan.

10 kuni Matildaning xo‘jayinlari maxsus sayt orqali uning ko‘zini operatsiya qildirish uchun pul yig‘ishni boshladi. Xayriya harakatlari natijasida mushuk egalari zarur bo‘lgan 2,5 ming dollarni 4 kun ichidayoq to‘plab bo‘lishdi. Mazkur mablag‘ning 25 foizi xayriya uchun sarflansa, qolgan pullar Matildaning ko‘zi uchun maxsus tomchi va boshqa tibbiy dorilar uchun sarflanadi.

Ma'lumot uchun, bu birinchi tug‘ma kasalligi sabab Instagram tarmog‘ida mashhur bo‘lgan mushuk emas. May oxirlariga kelib AQShdagi Ru laqabli ikkita kaftli mushuk Instagram`da bir oy ichida 50 mingga yaqin follover yig‘gani (hozirda bu ko‘rsatkich 144 ming) xabar qilingandi.

Top