14:11 / 16.06.2015
2261

Qo‘yliqda mast holda buyumlarini va pullarini yo‘qotgan odam o‘g‘rilikda tanishini ayblab, yolg‘on guvohlik berdi

1977 yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan Abdusamad Akbarov mast holda uyali telefoni va pullarini yo‘qotib, bu o‘g‘rilikda tanishlaridan birini aybladi. Ammo surishtiruv ishlari natijasida uning yolg‘on guvohlik bergani aniqlandi, natijada da'vogarning o‘zi javobgarlikka tortildi.

“Ogoh” nashrida yozilishicha, ichkilikka berilib ketgan Akbarov boshi bilan yiqilib, qattiq jarohat olgan. Buning natijasida spirtli ichimlik ichganda tez kayfi oshib, atrofda nimalar bo‘layotganini idrok qila olmaydigan holga kelib qoladigan bo‘lgan.
Bir kuni u Qo‘yliq bozorida mast holda tanishi Abdurauf Rustamovni uchratib qolgan. Rustamov uning mastligini ko‘rib, tezda salom-alik qilib, yo‘lida davom etgan.

Shundan so‘ng Akbarov nimalar xushini yo‘qotib, ijarada turgan uyida kayfi tarqagandan so‘ng o‘ziga kelgan. Akbarov 70 ming so‘mlik Kenex telefonining va 100 ming so‘m naqd pulining yo‘qolganini aniqlagan. Oxirgi esda qolgan odami Rustamov bo‘lgani bois, alamini undan olishga qaror qilgan va ichki ishlarga murojaat qilib, Rustamov uni kaltaklab, moddiy qimmatliklarini tortib olgani haqida shikoyat arizasi yozib topshirgan.

Ammo tekshiruvlar bu axborotni tasdiqlamadi. Yolg‘on guvohlik bergan shaxsning o‘zi javobgarlikka tortildi.

Top