15:42 / 16.06.2015
1748

Tojikiston tashqi ishlar vaziri AQShga safar uyushtirdi

14-18 iyun kunlari Tojikistonning tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov boshchiligidagi delegatsiyasi AQShda bo‘ladi. Delegatsiya Tojikiston va AQSh o‘rtasidagi 5-an'anaviy siyosiy muzokaralar yig‘ilishida ishtirok etadi. TIV saytining xabar berishicha, yig‘ilish 16 iyun kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.
Siyosiy muzokaralar asnosida ikki davlat vakillari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, tadbir doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Top