18:48 / 16.06.2015
5309

Toshkent viloyatida "Yil imomi" aniqlandi

Iyun oyining o‘n uchinchi kuni Zangiota tumanidagi “Mirxalil hoji ota” jome masjidida “Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov nizomiga muvofiq, qatnashchilarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati va respublikamiz OAVlaridagi ishtiroklari va barcha jihatlari hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar belgilangan savollarga javoblar qaytarishdi. Tanlov har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazildi va yakuniy natijalar qaydnomasi quyidagilarni tashkil etdi:
Bekobod tumani “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub Buxorboyev birinchi o‘rinni egalladi. Zangiota tumani “Fath” jome masjidi imom-xatibi Bahodir Rahmatullayev ikkinchi, Piskent tumani “Sobirxon ota” jome masjidi imom-xatibi Sunnatilla Ernazarov uchinchi o‘ringa loyiq deb topilib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Birinchi o‘rinni olgan Yoqub Buxorboyev tanlovda Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Manba: Muslim.uz / O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi.

Top