15:51 / 16.06.2015
5437

Toshkentda sobiq ma'shuqasini shantaj qilib, pul undirib yurgan yigit hibsga olindi

Toshkentning Yashnobod tumanida oralaridagi ishqiy munosabatlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ayoldan pul undirib yurgan qallob hibsga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Samir Bahromov Violetta Gerasimova bilan dafn marosimida tanishib qolgan. Violettaning xolasi vafot etgan, ularning qarindoshi Denis esa Samirning do‘sti bo‘lgan.
Marosimdan so‘ng Samir va Violetta o‘rtasida ishqiy munosabatlar tug‘ilgan, ammo bir necha kundan so‘ng ular uchrashmay qo‘ygan.
Oradan bir yil o‘tib, Samir Violettaning singlisi, kollej o‘quvchisi Katerinani uchratgan va u bilan uchrasha boshlagan. Violetta bunga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan, ammo Samir unga eski munosabatlarni eslatib, agar 2 ming dollar bermasa, eriga barchasini aytib berishini, ularning munosabatlari qayd etilgan videolavha saqlanagan flesh-kartani unga yetkazishini ma'lum qilgan.

2014 yilning 25 sentabr kuni Violetta Samirga 2 ming dollar pul keltirib bergan. “Ishtahasi” ochilgan Samir tez-tez Violettadan pul so‘ray boshlagan. Jumladan, oradan ikki kun o‘tib, 27 sentabr kuni u ayoldan ming rus rubli, 30 martda 120 ming so‘m, 30 sentabr kuni esa 145 ming so‘m undirgan.
Shantaj hech qachon tugamasligini tushungan Violetta navbatdagi “uchrashuv”da Samirning so‘zlarini diktofonga yozib olgan va ichki ishlar xodimlariga murojaat qilgan. Samir Bahromov darhol qo‘lga olindi.
Voqea yuzasidan tergov ishlari amalga oshirilmoqda.

Top