07:59 / 17.06.2015
1620

Amerika Kubogi-2015: Paragvay Yamaykani kichik hisobda yengdi

2015 yilgi Amerika Kubogi bahslarining guruh bosqichida "V" guruhidan joy olgan Paragvay va Yamayka o‘rtasidagi bahsda 1:0 hisobi qayd etildi.
 
O‘yinning 36 daqiqasida raqib darvozaboni to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ygan vaziyatda Paragvay futbolchisi Edgar Benites o‘yinda yagonaligini saqlab qolgan golni urdi.
 
Birinchi turda argentinaliklar bilan 2:2 hisobida durangga erishgan paragvayliklar bu natijadan keyin 4 ochko to‘plagan. Yamayka esa guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
 
Endi jamoa 20 iyun kuni uchinchi tur doirasida Urugvayga qarshi hal qiluvchi o‘yinini o‘tkazadi.

Paragvay Yamayka 1:0

Gol: Edgar Benites, 36

Paragvay: Entoni Silva, Da Silva, Pablo Agilar, Samudio (Piris, 77), Bruno Valdes, Ortigosa, Viktor Kaseres, Santa-Krus, Bobadilya (Valdes, 75), Edgar Benites (Molinas, 86), Derlis Gonsales

Yamayka: Kerr, Mariappa, Morgan, Lourens, Gektor, Makanuff, Makkliri, Ostin, Uotson (Leyng, 57), Barns (Braun, 62), Doukins (Mattoks, 76)

Ogohlantirishlar: Bruno Valdes – Ostin, Morgan

 

Top