17:55 / 17.06.2015
2191

Apple Watch chakana savdoga chiqarildi

Apple kompaniyasining “aqlli” soatlari – Apple Watch 17 iyundan boshlab Apple Store do‘konlariga chakana savdoga chiqarildi. Bu haqda MacRumors portali xabar berdi.
Chakana savdo dastlab Avstraliyadagi do‘konlarda amalga oshirila boshlanadi. Shimoliy Amerika va Yevropada joylashgan do‘konlarda ham xaridlar bir necha soatdan so‘ng boshlanishi aytilmoqda.
Shu paytgacha soatlarni faqat oldindan buyurtma berish yo‘li bilan sotib olish mumkin edi, negaki mahsulotga bo‘lgan talabni birvarakayiga qondirishning imkoni yo‘q edi.

Top